Jahon | 16:25 / 25.06.2016
7184
1 daqiqa o‘qiladi

Bir milliondan ortiq britaniyalik qayta referendum o‘tkazishni talab qilmoqda

Buyuk Britaniya parlamenti saytiga joylashtirilgan petitsiyani bir milliondan ortiq fuqaro imzolagan. Ular, mamlakatning YeIdagi a'zoligiga oydinlik kirituvchi referendumni qayta o‘tkazishni talab qilishmoqda. 

Toshkent vaqti bilan soat 16-13da uni 1 206 919 kishi imzolagan. Qayd etilishicha, petitsiyani Britaniya parlamenti muhokama etishi uchun, uni 100 ming fuqaro imzolashi kifoya qiladi.

 

foto:Google image