Jahon | 15:54 / 25.06.2016
12222
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda Kirov viloyati gubernatorini hibsga olish jarayoni videosi paydo bo‘ldi

«Kommersant'» nashri tomonidan YouTube dagi sahifasida e'lon qilingan videolavhani Rossiya Tergov qo‘mitasi taqdim etgan. Unda, viloyat gubernatori mashinadan chiqishi va FXX xodimlari unga hamrohlik qilib borayotganini yaqqol ko‘rish mumkin. 

24 iyun kuni Nikita Belyx, 400 ming yevro pora olayotgan vaqtda, daliliy ashyolar bilan Moskva restoranlaridan birida qo‘lga olingan edi. Shundan so‘ng, Kirov viloyati ma'muriyatida ham tintuv o‘tkazilgan. 

Mintaqa rahbariga nisbatan, RF Jinoyat kodeksining 290-moddasi 6 qismi (O‘ta yirik miqdorda pora olish) bilan jinoiy qo‘zg‘atilgan. Moskva Basman tumani sudi Belyxni vaqtincha hibsda saqlash masalasini ko‘rib chiqadi.