1979 yilda Farğona viloyatida tuğilgan A.Yormatov oliy ma'lumotli, bir oilaning boşliği, uç farzanding otasi böla turib, hayotda töğri yölni tanlay olmadi. Buning natijasida bir neça marta jinoiy javobgarlikka tortilib, sudning qora kursisiga ötirişga ham ulgurdi. Bu haqda “Ogoh” naşri yozmoqda.
Ammo bundan öziga tegişli xulosa çiqariş va jamiyatda öz örniga ega bölib, foydali mehnat bilan şuğullaniş örniga boylik orttiriş payiga tuşdi. Bu yölda esa u har qanday qinğiriklar qilişga tayyor edi. Firibgarliklarini amalga oşiriş uçun esa özi kabi temir panjara orti hayotini bir neça bor körişga ulgurgan tanişi - 1965 yilda Navoiy viloyatida tuğilgan B.Jalilov bilan topişib oldi. “Kör körni qoronğida topadi”, deganlaridek ikki “usta firibgar” ançagina sodda insonlarni “çuv” tuşirişdi. Şunday insonlardan biri Anvar Bobomuhamedov bularning qarmoğiga ilinganini özi ham bilmay qoldi.
A.Bobomuhamedov Olmazor tumanida joylaşgan uyini sotişga qaror qildi. Şunda uning tanişi A.Yormatov paydo bölib, unga “yordamga keldi”. Abduvosiq Anvarga uyini qimmatroq narxda sotiş yöli borligini aytadi. Bu işni “döndiriş” uçun esa tanişi – B.Jalilovni tavsiya qiladi.
Abduvosiq Bahromni yuqori lavozimda işlovçi, mansabdor şaxsning işlarini bajarib beruvçi kişi, deb taniştiradi. Abduvosiq Bahromning ta'rifini obdon keltirib, şunday deydi:
- Anvar, ukam, bu döstimiz juda işonçli odam. U “Palonçi Akaxon”imizning köçadagi “közi” hisoblanadi. U “akaxon” bunga özlariga işonganday işonadi. Buning maslahatlariga quloq solsang, kam bölmaysan.
- Ha, şundaymi?! Bizni işimiz haqida ham bir oğiz aytib qöydingizmi? - dedi Anvar.
- Albatta-da! Bahromjon, bu ukamga özingizning qimmatli maslahatlaringizdan bering-çi.
- Jonim bilan. Menimça, Anvarjon, siz avvalo bankdan kredit olsangiz ma'qulroq bölardi. Ammo uşbu kreditni oliş uçun esa uyingizni noturar joy qilib, men iş yurituvçi bölib işlaydigan MÇJning balansiga qöyib, söng şu uyni garovga qöyiş kerak, - deb “aqlli” mulohaza qildi Bahrom.
- Voy-böy, işi juda köp ekan-ku, - deganiça Anvar boşini qaşlab qöydi.
- Siz heç ham xavotir olmang. Men borman-ku! Hammasini “yest” qilaman. Faqat bu işlarni amalga oşiriş va kredit oliş uçun yuqori lavozimlarda işlovçi mansabdor şaxslarga 11000 AQŞ dollarini “sovğa” tariqasida beriş lozim. Xöş, taklifimga rozimisiz? - Bahrom savol nazari bilan ikkilanib turgan Anvarga boqdi.
Ularning suhbatiga bir oz qöşilmay turgan Abduvosiq, endi özining rol öynaş vaqti kelganini sezib, oraga suqildi:
- Xöp, deyavering, Bahrom siz kabi yaxşi odamlarning hojatini köp bor çiqargan. Xafa bölmaysiz, axir örtada men turibman-ku.
Nima javob qilarini bilmay turgan Anvar Abduvosiqning bu sözlaridan keyin Bahromning taklifiga rozi bölganini ham sezmay qoldi.
2014 yilning sentabr oyi örtalarida Mirobod tumanida joylaşgan “Markaziy universal magazin” savdo markazi oldidagi kafeda Anvar, Abduvosiq va Bahromlar uçraşdilar. Anvar kelişilgan 11000 AQŞ dollari miqdoridagi pulni Bahromga beradi. Bahrom pulni ola turib:
- Pulning hammasini kerakli odamlarga beraman. Ammo hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun ketadigan tölovlar ham bor edi. Şuning ham xarajatini berasiz endi.
Anvar Bahrom söragan 1370000 söm pulni ham beradi. Şunda ular birgalikda bir neça taşkilotlarga kirişadi va Anvar bir qança hujjatlarga imzo qöyadi.
Anvar Bahromning yolğon va'dalariga “laqqa” işondi. Şunça katta miqdordagi pullarni aldov yöli bilan qölga kiritgaç, firibgarlar “yöq bölib ketişdi”. Anvar ularga qönğiroq qila-qila topa olmadi. Nihoyat bir neça oydan söng Anvar Bahromni qidirib topdi. Undan bergan pullarini qaytarib berişini talab qiladi. Ammo ular allaqaçon bu pullarni öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan edilar.
“Pixini yorgan” firibgarning tuzoğiga ilinib, katta miqdordagi pulidan ayrilib qolganini tuşunib yetgan Anvar içki işlar idoralariga ariza bilan murojaat qilişga majbur böladi.
Ayblanuvçilar A.Yormatov va B.Jalilovlar özlarining ayblariga qisman iqror bölsalar-da, ularning ayblari ariza, tuşuntiriş xatlari, yuzlaştiriş tergov harakati va jinoyat işi böyiça töplangan boşqa hujjatlar bilan ham öz tasdiğini topdi. Firibgarlarning asl qiyofasi oçildi.
“Yemoqning qusmoği bor”, - deganlaridek, oxir oqibatda Abduvosiq va Bahromlarning firibgarliklari oşkor bölib, bugungi kunda ular qonun oldida javob bermoqdalar.







