16:41 / 25.06.2016
15828

OAV: Poroshenko Donbassda otishmaga duch keldi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko, aksilterroristik amaliyot kuchlarining Donetsk yo‘nalishi bo‘ylab joylashtirilgan tayanch markazlarini ko‘zdan kechirayotgan vaqtda, otishma ostida qoldi, deb xabar qilmoqda UNIAN.

Ukraina prezidenti ma'muriyatining ATA masalalari bo‘yicha vakili Andrey Lysenkoning bayonotiga ko‘ra, Zaytsevo, Mayorsk, Avdeyevka, Opytniy va Vodyanoyda minomet zarbalari berilgan, Peskada artilleriyadan o‘q uzilgan. Lysenkoning qayd etishicha, jami bo‘lib, "130dan ortiq mina va 26ta snaryad otilgan".

Lysenko, ayni pozitsiyalarda mamlakat prezidenti Poroshenko ham bo‘lganini aytar ekan, u zarbalarga qaramay, bir nechta tayanch punktlarini ko‘zdan kechirib, ukrain harbiylari bilan uchrashganini ma'lum qildi.

Top