Pfizer kompaniyasi Anacor’ni sotib olish bo‘yicha bitimni yopdi
Pfizer farmatsevtik giganti 24 iyunda Anacor Pharmaceuticals biofarmatsevtik kompanisini taxminan 5,3 mlrd dollarga xarid qilish bo‘yicha bitimni yopdi, deyilmoqda Pfizer matbuot bayonotida.
Pfizer va Anacor ikki kompaniya birlashadigan bitimni 2016 yil mayida e'lon qilgandilar. Shartnoma shartlariga ko‘ra, Pfizer kompaniyasi Anacor’ning har bir aksiyasiga 99,25 dollar to‘lagan.
"Endi Anacor Pfizer’ning bir qismi hisoblanganda, biz yallig‘lanish kasalliklaridan aziyat chekuvchi bemorlarga yordam berish bo‘yicha umumiy ishimizni tezlashtira olamiz", deb aytdi Pfizer prezidenti Albert Burl.
Pfizer Inc. kompaniyasiga 1849 yilda AQShda asos solingan. Kompaniya ayni kunda farmatsevtika sohasida dunyo yetakchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya bosh qarorgohi Nyu-Yorkda, bosh tadqiqot markazi Konnektikut shtatidagi Groton shahrida joylashgan. Kompaniya xodimlarining soni 116 mingdan oshadi.
Anacor ham AQSh kompaniyasi bo‘lib, unga 2002 yilda asos solingan. Kompaniya terapevtik sintetik vositalarni ixtiro qilish, yaratish va tijoratlashtirish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri yallig‘lanishga qarshi dori vositalari yaratish hisoblanadi.