Telegram «Yarova qonuni»dagi talablarni bajarishdan bosh tortdi
Telegram mesenjyeri va «VKontakte» asoschisi Pavel Durov Rossiya Davlat dumasi deputati Irina Yarova hamda senator Viktor Ozerov tomonidan ishlab chiqilgan aksilterroristik qonun talablarini bajarishdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda «Rosbalt».
«Telegram foydalanuvchilarga tegishli shaxsiy ma'lumotlar va shifrlash kalitlarini uchinchi tomon, hukumat ham shular jumlasidan, bermaydi. Alohida bir davlatda qabul qilinayotgan qonunlar bu siyosatga ta'sir ko‘rsata olmaydi», — deb aniqlik kiritgan Durov.
Ma'lumki, Rossiya Davlat dumasi, «Yarova to‘plami» deb nomlanuvchi aksilterroristik qonunni qabul qilgan, u internet xizmatlari zimmasiga, xabarlarni o‘qish imkonini beradigan maxsus kalitlarni maxsus xizmatlarga berish majburiyatini yuklar edi.
Foto: REUTERS/Dado Ruvic