23:38 / 25.06.2016
6556

Uels Shimoliy Irlandiyani yengib, chorak finalga yo‘l oldi

Yevro-2016 musobaqasi 1/8 finalining ikkinchi uchrashuvi “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Uels hamda Shimoliy Irlandiya terma jamoalari kuch sinashdi. Uchrashuv 1:0 hisobidagi Uels g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona gol 75-daqiqada Shimoliy Irlandiya himoyachisi Garet Makauli tomonidan o‘z darvozasiga kiritildi.

Uels 1/4 finalida Vengriya – Belgiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Yevro-2016, 1/8 final
Uels – Severnaya Irlandiya – 1:0
Gol:
 Makauli, 75 (1:0, avtogol).
Ogohlantirish: Teylor, 58; Remsi, 90+4 – Dallas, 44; Devis, 67.

Top