Valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxsga qilmishiga yarasha jazo tayinlandi
Ba'zi fuqarolarimiz valyutani noqonuniy ravishda olish va o‘tkazishga harakat qilishmoqda. Bu borada Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan muntazam nazorat tadbirlari o‘tkazilib, bunday yengil daromad topish yo‘liga o‘tgan shaxslarning qilmishlari fosh etilmoqda. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Xususan, fuqaro Shamil Janiyevning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Feruz Bo‘riyevning qilmishi fosh etildi. Tezkor tadbirda chet el valyutasi oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan F.Bo‘riyev fuqaro Sh.Janiyevga 15 ming AQSh dollarini sotayotgan vaqtda ushlandi.
Sud tomonidan F.Bo‘riyevga qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.