Jamiyat | 21:00 / 26.06.2016
7471
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda uy mushugi bir juftlikni garovga oldi

AQShning Viskonsin shtatida bir ayol qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan turmush o‘rtog‘ini uylaridagi mushuk "garovga olganini" ma'lum qilgan. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda

"Bizning savol biroz g‘alati eshitilishi mumkin, bizda mushuk bor va u esidan og‘ib qolgan ko‘rinadi, u erimga hujum qildi. Biz o‘z uyimizda garovda ushlanib turgandekmiz va mushukdan xalos bo‘lib uchun kimdandir yordam va bizni qutqarishlarini so‘rasak bo‘ladimi?", deb aytgan ayol.

Chaqiriq bo‘yicha voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelib, "g‘azablangan mushukni" tutishgan. Mushuk egalari jabrlanmaganlar.

Nashrning yozishicha, mushuklar chaqaloqlardan tashqari, odamni o‘ldira olmaydilar va AQShning zamonaviy tarixida bunday holat qayd qilinmagan. 

Nashr mushukning keyingi taqdiri haqida ma'lumot bermagan.