19:59 / 26.06.2016
5257

Yevro-2016: Fransiya Grizmanning dubli evaziga Irlandiyani yengib, chorak finalga chiqdi

Bugun Lion shahridagi Stad de Lion stadionida Yevropa chempionati nimchorak finali doirasida turnir mezbonlari Fransiya terma jamoasi Irlandiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

O‘yinning ilk daqiqasidayoq Pol Pogba Shey Longga nisbatan qoida buzdi va hakam penalti belgiladi. Penaltini Breydi aniq amalga oshirdi 1:0.

Ikkinchi bo‘limda esa Antuan Grizmann 2ta gol urib, fransuzlarga g‘alaba keltirdi.

O‘yinning 66 daqiqasida irlandiyaliklar himoyachisi Daffi qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Yevro-2016. 1/8 Final.
Fransiya – Irlandiya 2:1

Gollar: 0:1 – 2, penalti Breydi, 1:1 – 57 Grizmann, 2:1 – 61 Grizmann.
Fransiya – Loris, Rami, Evra, Sanya, Koselni, Matyuidi, Kante (Koman, 46; Sissoko, 90), Payyet, Pogba, Grizmann, Jiru (Jinyak, 74).
Irlandiya – Rendolf, Kio, Uord, Koulmen, Daffi, Breydi, Makkarti (Xulaxan, 72), Xendrik, Makkleyn (O′Shi, 69), Long, Merfi (Uolters, 65).
Ogohlantirishlar: Koulmen (25), Kante (27), Xendrik (41), Rami (44), Long (72).
Chetlatish: Daffi (66).

Top