Sport | 10:31 / 26.06.2016
5553
1 daqiqa o‘qiladi

Morata: Italiya terma jamoasidagi do‘stlarim ularga qarshi shlemda maydonga tushishimni maslahat berishdi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Yevro-2016 musobaqasining 1/8 finalida Italiyaga qarshi kechadigan uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz maydonda xavfli bo‘lishni istasak, birdamlikni saqlab qolishimiz zarur. Odamlar so‘nggi vaqtda biz haqimizda ko‘plab mish-mishlar tarqatishdi. Ayniqsa Jyerar Pike haqida. Bu kulgili.

“Yuventus” hamda Italiya terma jamoasidagi do‘stlarim ularga qarshi maydonga shlem kiyib maydonga tushishimni maslahat berishdi.

Italiyaliklar tarkibida Kandreva maydonga tusha olmaydi va bu ular uchun katta yo‘qotish”, – dedi Morata.

Manba: Tribuna.uz