Yakşanba kuni ta'mirlangan Panama kanalining oçiliş marosimlari bölib ötmoqda. Töqqiz yil davom etgan ta'mirlaş işlari yakunlandi. Bugungi tadbirda xorijlik mehmonlar ham qatnaşmoqda. Ta'mirlangan kanaldan ilk bor Xitoyning konteynerovoz kemasi ötdi.

Panama kanalini kengaytiriş işlari 2007 yilda boşlangan bölib, şartnomaga binoan 2015 yilga borib yakunlanişi kerak edi. Loyihaning umumiy qiymati 5,3 milliard dollar (4 milliard yevro) deb belgilangan. Kengaytirilganidan keyin kanalning kemalarni qabul qiliş imkoniyati ikki barobar ortadi.

Bugungi kunda Panama kanali orqali jaxon savdo yuklarining 5%, AQŞga tegişli yuklarning 16% olib ötiladi. Biroq taxlilçilar kanal zamon talablariga javob bermayotganini aytib kelişadi.

Kanal qurilişiga nazar taşlaydigan bölsak, uning tarixi 500 yilga borib taqaladi. 1534 yilda Ispaniya qiroli Karlos V Atlantika va Tinç okeanlarini özaro boğlovçi kanal qurilişi borasida farmoyiş bergan edi. U Tinç okean soxillaridagi inklarga tegişli oltinlarni Atlantika okeani qirğoqlariga olib keliş va undan keyin Ispaniyaga eltiş maqsadida ikkita okeanni birlaştirişni orzu qilgan edi. Biroq qirolning bu orzusi oradan 350 yil ötib amalga oşdi.

Okeanlarni özaro boğlovçi kanal quriş loyihasi ilk bor XVI asr boşlarida Alvaro de Saavedra Sedron (yoki Seron) tomonidan işlab çiqildi. Oradan köp ötmay Ispaniya qiroli Filipp II Panamaga injyener Antonellini jönatadi. Biroq Antonelli Ispaniyaga quruq qöl bilan qaytadi. Uning fikriça, baland toğlar sabab Panamada kanal qurişning imkoni yöq ekan.

Bu loyihaga XIX asr örtalarida yana qiziqiş paydo böldi. Fransiyaning "Avgust Solomon va K°" firmasi xukumatga murojaat qilib, bu loyihani xayotga tatbiq qiliş uçun mablağ topiş va bu loyihaga Rossiyani ham jalb qiliş zarurligini ma'lum qildi. Rossiya xukumati kanal qurilişi borasida Fransiya bilan hamkorrlik qilişga tayyorligini bildirdi. Biroq masofaning uzoqligi va mablağ yöqligi sabab hamkorlik qilişning imkoni bölmadi.

Yangi Granada xukumati 1838 yilning 30 may kuni qabul qilgan Dekretda bir qator şartlar belgilab qöyildi. Unda ikkita okeanni boğlovçi temir yöl va avtomobil yöllarini quriş Fransiya kompaniyasiga topşirilişi va 10 yil mobaynida foydalanişga topşirilişi lozimligi körsatib ötiladi. 1846 yilda AQŞ xukumati Yangi Granada xukumati bilan Bitim imzolaydi. Bu hujjatga köra ikki okeanni boğlovçi xar qanday yölak Yangi Granada tegişli ekani aytiladi. 1855 yilda mazkur xududda temir yöl qurilib, foydalanişga topşiriladi. Biroq temir yölning foydalanişga topşirilişi mavjud muammolarni xal qilmadi. Endilikda dengiz kemalarining yölini yaqin qiluvçi kanal qurilişi kun mavzusiga aylandi.