Sport | 09:24 / 26.06.2016
8668
2 daqiqa o‘qiladi

Rakitich: Hech qachon kiyim almashtirish xonasida Portugaliya bilan o‘yindan keyindagi kabi ko‘p ko‘z yoshi ko‘rmagandim

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich xorvatiyalik futbolchilarning Yevro-2016 turniri chorak finalida Portugaliyaga qarshi o‘yinning qo‘shimcha bo‘limlari vaqtida mag‘lub bo‘lishidan keyin intervyu berdi.

«Afsuski, bizning jamoa uyga qaytadi. Bu sport, biz endi Portugaliyani g‘alab va chorakfinal bilan tabriklashimiz kerak. O‘yin oxirida gol o‘tkazib yuborish hamisha og‘ir. Bu vaziyatda kerakli so‘zlarni topish qiyin, sportda hamisha ham adolatli natijalar bo‘lavermaydi. 

Xorvatiya terma jamoasi Yevropadagi eng kuchli terma jamoalardan biri ekanini namoyish qilib bo‘lgan, lekin biz o‘z o‘yinimizni yanada rivojlantirishimiz kerak.

Men kiyim almashtirish xonasida bugungidek ko‘p ko‘z yoshlarni ko‘rmagandim.

Barchaga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat. Biz qo‘limizdan nima kelsa, shuni qildik. Men hozircha bu mag‘lubiyatni izohlaydigan so‘z topa olmayapman», — deya Rakitichning so‘zlarini keltiradi Xorvatiya futbol ittifoqining rasmiy sayti.

Manba: Tribuna.uz