19:20 / 26.06.2016
7364

Tribuna.Uz: Fransiya - Irlandiya to‘qnashuvidan matnli translyatsiya

Bugun Yevropa chempionatida 1/8 final o‘yinlari davom ettiriladi. Toshkent vaqti bilan 18:00da Lionda maydon egalari Fransiya terma jamoasi Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yinda Fransiyani yaqqol favorit deb qarashmoqda, lekin...

Irlandlarning Fransiya bilan alohida hisob-kitobi bor. 2010 yilgi jahon chempionati saralashining o‘tish o‘yinlarida aynan Fransiya hamda Irlandiya terma jamoalari to‘qnash kelishgandi. O‘shga bahsda hal qiluvchi golni fransuzlar hujumchisi Teri Anri kiritgan. QO‘L bilan. Bu gol juda katta mojarolarga sabab bo‘lgan, lekin UYeFA uni bekor qilmagandi. Shunday qilib Fransiya jahon chempionatiga chiqqan. Bugungi o‘yinda musobaqa mezbonlariga oson bo‘lmaydi.
Fransiya hamda Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ko‘rish imkoningiz bo‘lmasa, Tribuna.uz saytida olib boriladigan matnli reportajni kuzatib boring.

Top