Jamiyat | 16:04 / 26.06.2016
5550
1 daqiqa o‘qiladi
Vnukovo aeroportida 1 kun ichida 2 kishi vafot etdi
Moskva shahridagi Vnukovo aeroportida yo‘lovchilardan biri yuragidagi muammo tufayli jon berdi. Bu haqda Interfaks agentligi o‘z manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, bu 1 kun ichida ikkinchi marta aeroport hududida yuz bergan o‘lim bo‘ldi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 2 hodisa ham issiq harorat tufayli yurak yetishmovchiligi kelib chiqishi ortidan yuz bergan.