Jahon | 23:12 / 26.06.2016
9490
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Erdo‘g‘an Trampning ismini Istanbuldagi binodan olib tashlashni taklif qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulning ishbilarmonlik tumanida AQShdagi bino ko‘rinishida qurilgan Trump Tower binosini AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp o‘ziga "islomofob" so‘zlarni aytishga ijozat bergani uchun qayta nomlashga chaqirdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.   

Erdo‘g‘anning nuqtai nazaridan, Tramp "Amerikadagi musulmonlarga toqat qila olmaydi" va shuning uchun uning ismi binolardan biridan "tezda olib tashlanishi" lozim.  

Tower Trump turar joy va biznes-majmuasi 2012 yilda Dogan Sirketler Grubu Holding AS turk kompaniyasi tomonidan qurilgan. U 37 va 39 qavatli ikkita minoradan tashkil topgan. Majmua Trampga tegishli kompaniyaning franshizasi bilan qurilgan. Uning ochilishida Erdo‘g‘an ham ishtirok etgan, biroq hozir u bu xato bo‘lganini aytmoqda.

Tramp o‘z nutqlarida AQShdagi musulmonlar ustidan nazoratni kuchaytirish, ular haqida ma'lumotlar to‘plash va musulmonlarga umuman mamlakatga kirishni taqiqlashni taklif qilgan.