17:53 / 27.06.2016
6960

Andijonda “O‘zbekiston yoshlari giyohvandlik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshidir” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularni ma'naviyatimizga zid bo‘lgan turli salbiy bo‘hronlardan asrash maqsadida joriy yilning 26 iyul kuni Andijon shahri Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “O‘zbekiston yoshlari giyohvandlik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshidir” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi.

Istirohat bog‘ida mazkur sana munosabati bilan giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks ettirilgan turli-xil ko‘rgazmali qurollar, tarqatma material va sur'atlar keng ommaga namoyish etildi.

Kunning ikkinchi yarmida viloyatning faol yoshlari rasmiy tadbir hamda konsert dasturini tamosha qilish uchun dam olish maskanidagi muhtasham amfiteatrga tashrif buyurdilar.

Tadbirni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochib, yurtimizda yosh avlod tarbiyasiga berilayotgan katta e'tibor, ularni har tomonlama mukammal kamol topishlari uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida so‘zlab, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni jirkanch illatlarga qarshi ma'naviyat va ma'rifat kuchi bilan kurashish zarurligi haqida gapirdi. Festival davomida el suygan san'atkorlar o‘zlarining diltortar qo‘shiqlari bilan chiqishlar qildilar.

Bir so‘z bilan aytganda, festival shijoatli yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va ezgulik tuyg‘ularini yuksak pardalarga ko‘tardi.

 

Elmurod ERMATOV, Abdurasul G‘ULOMOV, Andijon

Top