Jahon | 22:39 / 27.06.2016
4858
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Brexit bo‘yicha qayta referendum o‘tkazilishini istesno qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakatning Yevropa Ittifoqidagi ishtiroki bo‘yicha qayta referendum o‘tkazilishini istesno qildi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Ta'kidlanishicha, 27 iyunda Kemeron Brexit bo‘yicha ovoz berilgandan beri vazirlar mahkamasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish variantlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus hukumat bo‘limini yaratish bo‘yicha rejalar tasdiqlandi. 

Avvalroq Buyuk Britaniya Brexit bo‘yicha qo‘mita yaratayotgani ma'lum qilingandi.

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum 23 iyunda bo‘lib o‘tdi. Brexit tarafdorlari 51,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qildilar.

Buyuk Britaniyada bu masala bo‘yicha qayta referendum o‘tkazilishi bo‘yicha iltimosnomaga 3 mln odam imzo qo‘ydi.