20:35 / 27.06.2016
3372

Dani Alves rasman "Yuventus" futbolchisiga aylandi

"Barselona" jamoasini tark etgan braziliyalik futbolchi Dani Alves Turinning "Yuventus" jamoasi bilan bitim imzoladi. Bu haqda "ko‘hna sinoralar" jamoasi rasmiy saytida xabar qilingan.

Bugun 33 yoshli futbolchi Italiya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va 2018 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan.

Alves "Barselona"ga 2008 yili "Sevilya"dan kelib qo‘shilgandi. U kataloniyaliklar jamoasi safida jami 391 uchrashuv o‘tkazib, 21 gol urgan. U "Barselona" futbolchisi sifatida 6 marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, 4 martadan mamlakat Kubogi va Superkubogiga ega chiqdi. Shuningdek, 3 martadan YeChL va UYeFA Superkubogida g‘olib bo‘ldi.

Top