Jamiyat | 22:45 / 27.06.2016
7235
1 daqiqa o‘qiladi
Google qarorgohida o‘tov paydo bo‘ldi
Google X’ning Kaliforniyadagi shtatida o‘tov paydo bo‘ldi, uni kompaniyaning qirg‘istonlik xodimi Tilek Mamutov o‘rnatdi. U bu haqda feysbukda ma'lum qildi.
"Hamkasbim Emiliga yordam uchun va bu o‘tovni qilib bergan Richardga rahmat", deb aytilmoqda xabarda.
Mamutov o‘tov uchrashuvlar uchun xona sifatida xizmat qilishini ma'lum qildi. U xabariga o‘tovning o‘rnatilishi jarayoni va ichki ko‘rinishi aks etgan bir nechta fotosuratlarni ilova qildi.
Mamutovning feysbukdagi sahifasida joylashtirilgan ma'lumotga ko‘ra, u internetga kirishga ega bo‘lmagan odamlarga aerostatlar yordamida internetni taqdim qilish texnologiyasi – Project Loon ustida ishlaydi.