Sport | 18:57 / 27.06.2016
6369
2 daqiqa o‘qiladi

Islandiyalik muxlis Angliyaga qarshi o‘yinga borish uchun «Boing»ni ijaraga oldi

Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:55da Yevropa chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan Angliya hamda Islandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga Islandiyadan yetib kelish uchun muxlislardan biri «Boing-737» samolyotini ijaraga olgan. 

Islandiya terma jamoasi muxlisi Gretar Sigurdarson Angliyaga qarshi o‘yinga tushish uchun "Lyukseyr" aviakompaniyasiga tegishli samolyotni 140 ming funt evaziga ijaraga olgan. U 180ta chiptaning barchasini sotib olgan. U o‘zi bilan Fransiyaga uchishni istaganlarga samolyotdan o‘rin taklif qilgan. Buning uchun 750 funtdan to‘lash sharti qo‘yilgan.

Uchoq o‘yin tugashi bilan yana Islandiyaga qaytadi.

Islandiya terma jamoasi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgani Islandiyadagi muxlislarni "aqldan ozdirayotgani" aytilmoqda.

Ta'kidlash joiz, Angliyaga qarshi o‘yinga 26 iyun kuni Islandiyaning yangi prezidentiga aylangan Gudni Yoxanesson ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Nitstsada kechadigan bu o‘yin uchun 8 ming nafardan ortiq islandiyalik chipta sotib olgan.

Manba: Tribuna.uz