Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul aholisi soqov yigit bilan muloqotda bo‘lish uchun bir oy davomida imo-ishora tilini o‘rgandi
Odatdagidek, tonggi sayr uchun ko‘chaga chiqqan Muxarram tasodifan unga faqat imo-ishora tilini biladigan insonlar duch kelayotganligini sezib qoldi.

Avval u bilan imo-ishora tilida salomlashishdi...


Keyin Muxarramga rogalik va olma hadya etishdi.

Yigit ushbu holatlardan cheksiz hayratda edi..

Haydovchi ham Muxarram bilan imo-ishora tilida salomlashdi.

Oxir-oqibat yigitga ushbu jarayonning tarixini so‘zlab berishdi.

Shunday qilib, yigit “To‘siqlarsiz dunyo-bizning orzuimiz” dasturining bosh qahramoniga aylandi.

Ushbu dastur doirasida Muxarram yashaydigan shahar aholisi bir oy davomida imo-ishora tilini o‘rganishga "bel bog‘lashdi" va bunga erishishdi ham.

Bularning hammasi uning uchun uyushtirilgan ekanligini bilgan Muxarram ko‘z yoshlarini tutib turolmadi.