Qozog‘istonda avtomobillar uchun elektron pasportlar kiritildi
Qozog‘istonda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a'zo davlatlar bilan bir qatorda avtomobillar uchun elektron pasportlar kiritilmoqda. Bu haqda YeOII xabariga iqtibos keltirgan holda nur.kz portali xabar bermoqda.
27 iyunda YeOIIda transport vositasi (transport vositasi shassisi), o‘ziyurar mashina va boshqa texnika turlari pasportining yagona shakllarini kiritish va elektron pasportlar tizimini tashkillashtirish haqidagi kelishuv kuchga kirdi.
"Hujjatning kuchga kirishi Ittifoqda avtomobil, qishloq xo‘jaligi, yo‘l-qurilish va boshqa texnika turlarining erkin aylanmasi uchun samarali sharoitlar yaratilganini anglatadi", deyilgan xabarda.
Ittifoqdosh davlatlarda transport vositalarini rasmiylashtirishning yagona shakli amal qilishni boshlamoqda.
Ta'kidlanishicha, transport vositalari egalari uchun avtomobillarni ko‘chirish, sotish-sotib olish va g‘ildirakli-zanjirli obektlar bilan bog‘liq boshqa amallarda tegishli tartibotlar ancha soddalashadi.
Gap transport vositalari, shassi, o‘ziyurar mashinalardan foydalanish, sotish-sotib olish va ularga nisbatan boshqa qonuniy harakatlar, ularni foydalanishga kiritilishini tartiblashtirish, Ittifoqning bojxona chegarasi orqali harakatlanishi nazoratini ta'minlash, bu sohadagi qoidabuzarlar biln kurashish haqida ketmoqda.
Kelishuv qog‘ozdagi shakllardan elektron psportlarga o‘tishga imkon beradi.
YeOII hududida muomalaga chiquvchi transport vositalar, o‘ziyurar mashinalar va boshqa texnika turlari haqida yagona baza yaratiladi. Ularda elektron ko‘rinishda maksimal to‘liq texnik va boshqa ma'lumot taqdim qilinishi imkoniyati ta'minlangan.