O‘zbekiston | 11:17 / 27.06.2016
32473
1 daqiqa o‘qiladi
OTMlariga hujjat topshirish vaqtiga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston hukumati 16 iyundagi qaror bilan mamlakat oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish vaqtini o‘zgartirdi. Ushbu o‘zgarish 2017 yildan kuchga kiradi. Bu haqda Lex.uz saytida ma'lumot keltirilgan.
Yangi qarorga muvofiq qabul komissiyalariga abituriyentlar tomonidan taqdim etilgan arizalar 20 iyundan 20 iyulgacha emas, balki 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Davlat konservatoriyasida esa ushbu muddat 15 iyundan 10 iyulgacha qilib belgilandi.
Oliy harbiy ta'lim muassasalarida test sinovlarini o‘tkazish vaqti — 10 iyul sanasi o‘zgartirilib, uning muddati 5 iyul etib belgilandi.
Foto: Temur Mamadaminov / UzA