Singapurda yo‘lovchi samolyoti qo‘nish vaqtida yonib ketdi
Singapore Airlines aviakompaniyasining samolyoti 27 iyunda o‘ng qanoti yonib ketgani sababli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Channel News Asia telekanalining xabar berishicha, Singapurning "Changi" aeroportida yuz bergan voqea oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.
Boeing 777 samolyoti Singapur-Milan yo‘nalishi bo‘yicha parvoz amalga oshirayotgan bo‘lgan. Uchuvchi samolyot havoga ko‘tarilgandan keyin 2 soat o‘tib dvigatellardan biridagi muammo sababli ortga qaytishga qaror qilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gap yonilg‘i oqib ketishi haqida bormoqda. Samolyot qo‘nish vaqtida o‘ng tomonida kuchli yong‘in chiqqan, o‘t o‘chiruvchilar sanoqli daqiqalar ichida yetib kelganlar.
Ayni vaqtda huquq-tartibot muassasalari hamda aviakompaniya voqeaning sabablarini o‘rnatmoqda.