Jahon | 14:27 / 28.06.2016
5725
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Hillari Klintonning "o‘chirilgan" maktublari e'lon qilindi

Amerika qo‘shma shtatlarida Amerika prezidentligi uchun demokratik partiyasidan nomzod Hillari Klintonning maktublari oshkor etildi. Ular orasida 30ga yaqin "o‘chirilgan"lari ham bor, deb xabar qilmoqda Fox News.

E'lon qilingan maktublarning aksariyati sobiq davlat kotibining Judicial Watch huquqni himoya qilish tashkiloti bilan yozishmalariga oid. Bundan tashqari, uning shaxsiy yordamchisi Xyuma Ebedinga yo‘llagan elektron xatlari ham bor.

Xususan, 2009 yil martida yo‘llagan maktublaridan birida o‘sha vaqtda AQSh davlat kotibi bo‘lgan Klinton xonim, davlat apparatida uning qog‘ozlari bilan nima sodir bo‘layotganini tushunmayotgani, uning shaxsiy va ishchi fayllari bilan kim ishlayotganini bilmayotganidan noligan. 

2010 yil noyabriga oid boshqa bir maktubda Klinton Ebedin bilan himoyalangan elektron pochta qutisidan foydalanish imkoniyatini muhokama etgan.