Jahon | 16:15 / 28.06.2016
6541
1 daqiqa o‘qiladi
Aleksey Rubejnoy Rossiya prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi
Rossiya prezidenti xavfsizlik xizmati rahbarligiga Aleksey Rubejnoy tayinlandi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.
Bu haqda Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.
Bundan avvalroq, Rossiya prezidenti xavfsizlik xizmati rahbarligiga, 2015 yildan Federal qo‘riqlash xizmati rahbari o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Dmitriy Kochnev rahbar etib tayinlangandi.
Keyinroq, 2016 yil mayidan Kochnev Rossiya Federal qo‘riqlash xizmati (Rossiya davlat va hukumat rahbarlarining xavfsizligini ta'minlaydi) direktori lavozimini egalladi.
Qayd etilishicha, Rubejnoy general-mayor unvoniga ega.