Jahon | 03:38 / 28.06.2016
4132
1 daqiqa o‘qiladi
Yamandagi terakt tufayli qurbon bo‘lganlar soni 38 nafarni tashkil qilmoqda
Yaman janubida amalga oshirilgan terakt tufayli qurbon bo‘lganlar soni 38 nafarga yetdi. Bu haqda tibbiyot xodimlariga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatdi.
Terakt tufayli jarohatlangan 24 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, terrorchi-xudkushlar hujumi Al-Muqalla shahrida amalga oshirilgan.
Bu portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Bundan oldinroq ushbu terakt tufayli 17 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.