Fan-texnika | 12:39 / 28.06.2016
4904
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik ayol Windows 10 tufayli Microsoft kompaniyasidan 10 ming dollar undirib oldi

Kaliforniyalik ayol Windows 10'ning avtomatik yangilanishi muvaffaqiyatsiz bo‘lgani uchun Microsoft kompaniyasidan 10 ming dollar undirib oldi. Bu haqida The Inquirer nashri xabar beradi.

Teri Goldsheyn avtomatik rejimdagi operatsion tizim yangilanishni yuklay boshlagan, biroq u o‘rnatilayotgan vaqtda nosozlik kuzatilganini isbotlab berdi. Shundan so‘ng, uning Windows 7 o‘rnatilgan kompyuteri chidab bo‘lmas darajada sekin ishlay boshlagan.  

Ayol sud orqali kompaniyadan yo‘qotilgan ish haqi va yangi kompyuter narxi uchun tovon to‘lashini talab qilgan. 

Microsoft bu kabi ayblovlarni rad etmoqda, biroq sud tomonidan belgilangan miqdordagi tovon pulini to‘laydi.