Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada Irlandiya pasportiga ega bo‘lishni istayotganlar soni tobora ortib bormoqda
Buyuk Britaniyada YeIdan chiqish to‘g‘risida bo‘lib o‘tgan referendumdan so‘ng, Irlandiya fuqaroligini olishni xohlayotgan kishilar soni keskin ravishda oshmoqda, deb yozmoqda The Guardian gazetasi.
Xabar qilinishicha, so‘nggi kunlarda Google qidiruv xizmatiga eng ko‘p berilgan savol, "Irlandiya pasportini olish" bo‘lgan.
Bundan tashqari, Irlandiya tashqi ishlar vazirligi ham britaniyaliklarning Irlandiya pasporti uchun ariza topshirish hollari ko‘payganini qayd etgan. Xususan, Birlashgan Qirollikning ayrim pochta bo‘linmalarida maxsus shaklli qog‘ozlar tamom bo‘lgan.
Gazetaning oydinlik kiritishicha, ota-onasi yoki ajdodlari irland bo‘lgan 5 mlnga yaqin britaniyalik Irlandiya pasportini olishi mumkin.
Bundan tashqari, YeIning boshqa davlatlari pasportiga ham ega bo‘lishni xohlovchi britaniyaliklar soni ko‘payib bormoqda.
Ayni vaqtda, YeIning ayrim fuqarolari, Britaniyada yashash va ishlash uchun qo‘shimcha ruxsatlarga ega bo‘lishi talab etilmasa-da, Britaniya pasporti uchun ariza topshirishgan.