Jamiyat | 18:30 / 28.06.2016
14244
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliq “Kamolot”  yoshlar oromgohida  “Yil sardori”  ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Kamolot”  yoshlar oromgohida “Kamolot” YoIH hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi sardorlarning 1 Respublika forumi va “Yil sardori”  ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda. 

Ayni paytda Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan forum ishtirokchilari 6 ta guruhga bo‘lindi. Ularga mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tilmoqda. 

Oldinda esa o‘quv-seminarlari, qiziqarli mashg‘ulotlar va “Yil sardori” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini aniqlash kabi jarayonlar kutmoqda.