Sport | 22:17 / 28.06.2016
5657
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya va Skandinaviya davlatlari Yevro-2024 turnirini qabul qilishga qiziqish bildirmoqda

UYeFA bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Teodor Teodoridisning aytishicha, Germaniya norasmiy ravishda 2024 yilgi Yevropa chempionatini qabul qilishga qiziqish bildirgan.

«Germaniya tomonidan Yevro-2024 mezbonligi bo‘yicha norasmiy qiziqish bildirildi. Shuningdek, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiya qo‘shma ariza topshirishmoqchi. Turkiyaning pozitsiyasi tushunarsiz. Ular avvalroq shu bo‘yicha qiziqa boshlagandi.

O‘ylaymanki, UYeFA prezidentligi uchun oldindagi saylovlar va Yevro-2024 mezbonini aniqlash jarayoni bir-biriga aralashib ketmaydi. Nomzodlar saylov vaqtida o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda harakat qilmasligi kerak», — degan Teodoridis.