Konte: Biz ko‘rsatib qo‘ydikki, Italiya o‘yini faqat katenachchodan iborat emas
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Yevropa chempionatining nimchorak finalida Ispaniya ustidan qozonilgan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men bilardimki, yigitlarning ichida g‘alabaga bo‘lgan odatdagidan boshqacha ishtiyoq bor edi. Men buni avval ham aytganman. Bunday muvaffaqiyatdan keyin esa bu so‘zlarni takrorlashim tabiiy. Shogirdlarim o‘zlarini juda yaxshi tomondan ko‘rsatishdi. Endi kuch tiklashimiz kerak. Bizni oldinda yana bir jiddiy uchrashuv kutmoqda. Germaniyaga qarshi.
Biz bugun Italiya faqat katenachchodan (himoyaviy o‘yin uslubi - tahr.) iborat emasligini ko‘rsatib qo‘ydik.
Xavi yaxshi kompliment qildi. U Italiya yarmi «Barselona»ga va yana yarmi «Atletiko»ga o‘xshashini aytib o‘tdi. Kimki futbol o‘ynagan bo‘lsa, buni tushunadi», — degan Konte Rai Sport efirida.
Ispaniya turnirdagi ishtirokini yakunladi. Keyingi bosqichga chiqqan Italiya esa 2 iyul kuni Germaniyaga qarshi maydonga chiqadi.
Manba: Tribuna.uz