Sport | 02:48 / 28.06.2016
6008
2 daqiqa o‘qiladi

Lineker: Angliya futbolchilaridan vulqonlari ko‘p davlatga yutqazdi

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, ayni vaqtda telefideniyeda faoliyat ko‘rsatuvchi ekspert Gari Lineker Angliyaning Islandiyaga qarshi o‘yindan keyin turnirni tark etganiga o‘ziga xos istehzo bilan munosabat bildirdi.

Nitstsadagi «Alyants Rivera» stadionida kechgan uchrashuvda inglizlar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. 

«Tariximizdagi eng yomon mag‘lubiyat. Angliya professional futbolchilaridan ko‘ra vulqonlari ko‘p mamlakat terma jamoasiga yutqazdi. Islandlar zo‘r o‘ynadi», — deb yozgan Lineker o‘z tvitterida. 

Bundan oldinroq, Lineker o‘yin davomida mag‘lubiyatga uchrayotagan Angliya terma jamoasiga qarab, «Angliya har jabhada Yevropadan chiqib ketmoqchi ko‘rinadi», deya tvit yozgandi.

Angliya Yevro-2016 turniridagi ishtirokini yakunladi. Islandiya  turnirning chorak finalida mezbon Fransiyaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 3 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.