Lineker: Angliya har jabhada Yevropadan chiqib ketmoqchi ko‘rinadi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, ayni vaqtda telefideniyeda faoliyat ko‘rsatuvchi ekspert Gari Lineker Angliyaning Islandiyaga qarshi o‘yini tanaffusida bu uchrashuvdagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
«Ko‘rinishidan, biz Yevropani tom ma'noda tark etishga qaror qilganmiz», – deya yozgan Lineker o‘z tvitterida.
Ayni vaqtda Yevropa chempionati nimchorak finali doirasidagi bu uchrashuvda inglizlar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashmoqda.
Linekerning tviti yozilishidan 10 daqiqa o‘tib, 20000 marta retvit qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 23 iyun kuni Buyuk Britaniyada Yevropa Ittifoqini tark etish masalasida referendum o‘tkazildi va unda Brexit tarafdorlari g‘olib bo‘ldi. Shundan so‘ng, 43 yildan buyon YeI a'zosi bo‘lib kelayotgan Buyuk Britaniya blokdan chiqib ketishi bo‘yicha jarayon boshlandi.