Sport | 16:26 / 28.06.2016
4411
1 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» Maneni o‘z safiga qo‘shib oldi

«Sauthempton» futbolchisi Sado Mane faoliyatini «Liverpul»da davom ettiradi.

24 yoshli senegallik futbolchi «Liverpul» bilan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekkan.

Jamoalar kelishuvning moliyaviy jihatlarini oshkor etishmagan. «Sauthempton» tomoni Manening transferi jamoa tarixidagi rekord darajadagi transferga aylanganini bildirgan.

Bundan oldinroq nashrlarda ushbu futbolchi uchun mersisaydliklar 34,5 million funt to‘lashi, bu miqdor bonuslar hisobiga 38,5 million funtga yetishi aytilgandi.

Mane «Sauthempton»da 2 mavsum o‘ynadi. Bungacha u «Red Bull Zaltsburg» va «Metts» kabi jamoalarda to‘p surgandi.