Jamiyat | 19:41 / 28.06.2016
12063
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvalik maktab o‘quvchisi telefonda gaplashish vaqtida jon berdi

Moskva politsiyasi xonadonlardan birida 15 yoshli maktab o‘quvchisining jasadini topgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Manbada halok bo‘lgan qizning shaxsi keltirilmagan.

Unda aytilishicha, qiz uyida ota-onasi bilan yashagan. U halok bo‘lgan vaqtda ota-onasi dala hovliga ketishgandi. Ular uyga qaytishganda farzandlari jonsiz holatda bo‘lgan. Uning yelkasida tok urish alomatlari aniqlangan. Sal nariroqda telefon ham topilgan. U vannada cho‘milayotib telefonda gaplashgan.

Ekspertlarning ma'lum qilishicha, telefon suvga tekkan va qizni tok urgan.