Jahon | 11:14 / 28.06.2016
5111
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoy 2020 yilda ilk fuqarolik kodeksini qabul qilishi mumkin 

Xitoy hukumati tarixda ilk bor XXR Fuqarolik kodeksini qabul qilishi mumkin. Bu haqda "Xuantsyu shibao" gazetasi yozmoqda.

"Kodeksning birinchi normalari 2017 yilda, to‘liq hujjat esa 2020 yilning martida qabul qilinishi mumkin", - deb ma'lum qildi Butunxitoy xalq kengashi vakillarining qonunchilik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi komissiyasi rahbari Li Shishi.

"Fuqarolik kodeksini qabul qilish Xitoy uchun juda muhim. Chunki 200 ga yaqin fuqarolik va tijoriy qonunlar tartibga solishga ehtiyoj sezmoqda. 1986 yilda qabul qilingan fuqarolik huquqlari barcha aspektlarni qamrab ola bilmayapti", - dedi XXRjamoatchilik ilmiy Akademiyasi qoshidagi Fuqarolik huquqlari instituti professori Sun Syanchjun.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Xitoy hukumatining fuqarolik kodeks qabul qilishga bo‘lgan beshinchi urinishidir.