20:45 / 28.06.2016
4952

Texasda ikki yuk poyezdi to‘qnashib ketdi

AQShning Texas shtati hududida, Penhendl shahridan uzoq bo‘lmagan joyda ikki yuk poyezdi to‘qnashib ketdi. Bu haqda guvohlarning ma'lumotiga asoslanib,  Breaking 911 xabar tarqatdi.

Ushbu to‘qnashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan. Ayni vaqtda voqea joyiga qutqaruv xizmatlari xodimlari yetib kelishgan.

Bu poyezdlarning ikkisi ham BNSF kompaniyasiga tegishli ekani aniqlangan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma'lum emas.

Top