Sport | 19:01 / 29.06.2016
6731
1 daqiqa o‘qiladi
Azmun futboldan 2 yilga chetlatilishi mumkin
Transfer huquqi Qozonning «Rubin» klubiga tegishli bo‘lgan Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun FIFA tomonidan jazolanishi mumkin.
Gap shundaki, Azmun o‘tgan yil «Rostov»ga «Rubin»ning roziligisiz borib qo‘shilgan va u yerda butun mavsumni ijarada o‘tkazgan edi. Shu sabab «Rubin» o‘zini qoniqtirmaydigan shartlarga ham ko‘nishga rozi bo‘lgan.
Bugun futbolchi «Rubin»dan ketishini ma'lum qildi. Bu holat esa klubdagilarning jahlini chiqargan. Chunki uning 2017 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor. Bu borada klub huquqshunoslari ish boshlashgan va allaqachon FIFAga ariza tayyorlashgan. Agar tashkilot arznomani asosli deb topsa, Eron terma jamoasining asosiy hujumchisi ikki yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin.
Manba: Tribuna.uz