Jahon | 22:48 / 29.06.2016
4076
1 daqiqa o‘qiladi
BMT Malida tinchlikparvar qo‘shinlar sonini 2,4 ming kishiga oshirmoqda
BMT Xavfsizlik kengashi Malidagi tinchlikparvar qo‘shinlar sonini 2,5 ming kishidan ko‘proqqa oshirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
BMTning Malidagi tinchlikparvar missiyasi muntazam ravishda jangarilar tomonidan hujumga uchraydi va eng xavfli xizmat joylaridan biri hisoblanadi.
Ushbu masala bo‘yicha rezolyutsiya Fransiya tomonidan ishlab chiqildi, uni BMT Xavfsizlik kengashining barcha 15 a'zosi ma'qulladi.
Aprelda Qizil xoch Mali shimolidagi uch nafar xodimi bilan aloqani yo‘qotib qo‘ygandi.