Sport | 04:02 / 29.06.2016
7035
2 daqiqa o‘qiladi

Buenos-Ayresda Messiga haykal o‘rnatildi

Buenos-Ayresda Argentina milliy terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi sharafiga o‘rnatilgan haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ESPN xabar qildi

Avvalroq Amerika Kubogi finalida Argentina terma jamoasi Chili terma jamoasi bilan o‘yinda mag‘lub bo‘lgach, afsonaviy sportchi Argentina terma jamoasidagi karerasini yakunlashi to‘g‘risida ma'lum qilgandi. 

“Futbol ishqibozi sifatida sendan o‘tinib so‘rayman, Leo, iltimos, o‘z qaroring to‘g‘risida yana bir bor o‘ylab ko‘r. Senga bo‘lgan mehrimiz ramzi hamda seni doimo qo‘llab-quvvatlashimiz isboti sifatida bugun biz ushbu haykalni namoyish etamiz”, - dedi Buenos-Ayres meri Rodriges Larretta ochilish marosimida. 

Messi sharafiga haykal o‘rnatilganidan tashqari, shahar yo‘llari hamda metro kirish qismlarida “Ketma, Leo” yozuvi muhrlangan belgilar ham joylashtirildi. 
Argentina milliy terma jamoasini tark etmasligini so‘rab, Messiga mamlakat prezidenti hamda milliy futbol qiroli Diyego Maradona ham murojaat etgan.