Tsukerbergning Havayidagi qo‘shnilari okean bo‘yida ikki metrli devor qurdirganidan shikoyat qilishmoqda
Mark Tsukerberg Havayidagi uyida okean manzarasini to‘sib qo‘yadigan ikki metrli devor qurdirgani uchun qo‘shnilar g‘azabini keltirdi. Bu haqida Daily Mail xabar beradi.
Tsukerbergning uyi atrofida 2016 yilda ikki metrli devor qurildi va bu Havayida yashovchi qo‘shnilarining jahlini chiqardi. Sababi, devor tushkun holatni eslatib, okean manzarasini berkitib qo‘ydi.
2014 yilda Mark Tsukerberg Kauai orolidagi 300 gektarli yerni 100 million dollarga sotib oldi. Hovlining bir qismi — okean qirg‘og‘idagi sobiq shakarqamish plantatsiyasi, boshqasi — oq qumli plyaj.
O‘z xavfsizligi haqida qayg‘urgan Facebook bosh direktori keyinchalik 30 million dollarga yana ikkita qo‘shni uyni sotib oldi.
Devorlarni qurish ishlari xavfsizlik choralaridan biri bo‘lib, Facebook asoschisi so‘nggi vaqtlarda bunga katta e'tibor qaratmoqda. Ruhiy nosog‘lom bo‘lgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining tahdidlari uni shanday yo‘l tutishga majbur qilgan. Jumladan, u oilasining xavfsizligini ta'minlash maqsadida tansoqchilar ham yollagan.