Dubaydagi korxona har kuni 3 ming ishchiga bepul iftorlik tarqatmoqda
BAAning yirik shaharlaridan biri Dubayda Ramazon oyida xayrli ish amalga oshirilmoqda. Danube Group nomli biznesga asoslangan korxona har kuni uch ming nafar qurilish va og‘ir mehnat sharoitida faoliyat yuritadigan ishchilarga bepul iftorlik tarqatmoqda.
Bu xayrli ishni amalga oshirish uchun maxsus ko‘ngillilar tanlab olingan. Ular Dubay, Sharja, Qatar, Bahrayn va Ummon bo‘ylab har kuni iftorlik tarqatishadi. Iftorlik uchun jo‘ja go‘shti, arabcha non, suv va shirinliklar taqdim etiladi. Korxona Ramazon oyi yakuniga qadar 90 mingta iftorlik taomini tarqatishni niyat qilgan.
Iftorliklarni tarqatadigan ko‘ngillilar o‘rtasida ham o‘ziga xos tanlov o‘tkaziladi. Ikkita g‘olibga Haj yo‘llanmasi taqdim etiladi. Yana sakkizta faol ko‘ngilliga Umra safarini ado etish imkoniyati yaratib beriladi. Bu esa ularning chin dildan ishlashlariga sabab bo‘ladi.
«Agar hamma odam bitta boshqa odamga qandaydir yordam berganida dunyoda yomonlik bo‘lmas edi. Shuning uchun bunday ishdan zavq olaman», - deydi ko‘ngillilardan biri Fayzal Latif.
«Axir, bu ajoyibku. Har kuni ofisni yopgandan keyin iftorlikni yetkazish uchun yuguraman. Ko‘ngillilar ichida yoshar ham qarilar ham erkag-u ayolar ham bor. Bu ish odamni charchatmaydi», - deydi yana bir ko‘ngilli Asif Manair.