Jamiyat | 23:59 / 29.06.2016
28502
1 daqiqa o‘qiladi
"Dunyodagi eng semiz" bola parhezga o‘tdi
"Dunyodagi eng semiz" bolani favqulodda parhezga o‘tkazishdi, deb xabar beradi The Telegraph. Indoneziyalik 10 yoshli Arya Permananing vazni 192 kilogrammni tashkil qiladi. Shifokorlarning ta'kidlashicha, haddan ortiq semizlik bolaning hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.
Permana o‘zi mustaqil yura olmaydi. Shu sababli u maktabga bormay qo‘ydi. Bundan tashqari, bu bolaning nafas olish yo‘lida muammosi bor.
Bolaning ota-onasi farzandiga to‘g‘ri keladigan kiyim topa olishmayapti, shuning uchun Permana sarong – belga ip bilan o‘ralgan mato kiyadi.
Mahalliy qishloq aholisi dunyodagi eng semiz bolakayni ko‘rish uchun tashrif buyuradi, deb qayd etadi gazeta.