FIFA Infantinoga nisbatan maxsus taftish o‘tkazmayotgani ma'lum qilindi
FIFA o‘z prezidenti Janni Infantinoga qarshi rasmiy taftish olib bormayapti. Bu haqda FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi raisi Roman Geyzer ma'lum qildi.
Avvalroq Frankfurter Allgemeine Zeitung nemis gazetasi vaziyatdan tanish bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda, FIFAning axloq bo‘yicha ko‘mitasi Infantinoga unga tashkilotning mablag‘larini shaxsiy maqsadda ishlatib yuborgani uchun dastlabki tergovni boshlaganini ma'lum qilgandi.
"Biz janob Infantinoga nisbatan hech qanday rasmiy taftish mavjud emasligini aytib o‘tmoqchimiz", deb ta'kidlab o‘tdi Geyzer.
Infantino qonun buzish bilan birinchi marta bog‘lanayotgani yo‘q. Avvalroq Die Welt gazetasi Infantino buyrug‘i bilan FIFAning 8-10 may kunlaridagi yig‘ilishi bayonnomasi yo‘q qilinganini ma'lum qilgan. Manbaning ta'kidlashicha, Infantino ushbu ishi uchun 90 kunga lavozimidan chetlatishi mumkin bo‘lgan. Keyinroq FIFAning aloqalar bo‘yicha departamenti direktori Deliya Fisher gap o‘chirilgan nusxa haqida ketayotgani, original audiofayl jsa mavjud bo‘lib, tegishlicha ravishda FIFAda saqlanayotganini aytgan.