Jahon | 16:11 / 29.06.2016
3090
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyning janubi-g‘arbidagi konning suvga to‘lishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
Xitoyning janubi-g‘arbida joylashgan Guychjou provinsiyasidagi ko‘mir konining suvga to‘lishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. “Sinxua” agentligining xabar berishicha, yana ikki kishi g‘oyib bo‘lgan.
Fojia Tszuni shahar okrugligidagi Chjen'an mavzesida yuz bergan. Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko‘ra, suvga to‘lishi arafasida konda xavfsizlik bo‘yicha inspektor boshchiligidagi 15 kishi bo‘lgan. Ularning sakkiz nafarini tashqariga chiqarishning uddasidan chiqilgan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. Politsiya hodisa sabablarini o‘rganishga kirishgan.