Jahon | 00:01 / 29.06.2016
5299
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston ilk bor BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosi etib saylandi

BMT Bosh Assambleyasi seshanba kuni Qozog‘iston, Boliviya, Shvetsiya va Efiopiyani 2017-2018 yillar uchun Xavfsizlik kengashining muvaqqat a'zolari etib tanladi. Uch mamlakatning har biri buning uchun zaldagi BA davlat-vakillarining zarur bo‘lgan uchdan ikki ovozini yig‘di.  

Avvalgidek, XKdagi yana ikki joy nomi ma'lum bo‘lmadi. Bunga to‘rtta mamlakat da'vogarlik qilmoqda: Niderlandiya, Italiya G‘arbiy Yevropa guruhi lavozimi uchun o‘zaro bellashmoqda. Birinchi bosqich doirasida eng ko‘p ovozni Efiopiya (185 ovoz) va Boliviya (185) mamlakatlari qo‘lga kiritdi. Undan avval ularning nomzodi mintaqaviy guruhlari, ya'ni Afrika va Janubiy Amerika tomonidan belgilab olingan edi. Shvetsiya esa 134 ovozni qo‘lga kiritib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari uchun ajratilgan joyning birini esalladi. Qolgan joy uchun esa 125 va 113 ovoz to‘plagan Niderlandiya va Italiya mamlakatlari kurash olib bormoqda.

Shuningdek, Qozog‘iston ilk bor  BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosiga aylandi. Bosh Assambleyada bo‘lib o‘tgan saylov davomida  Qozog‘iston 138 BMT a'zo mamlakatlarining ovozini qo‘lga kiritib, 55 ovoz olgan Tailandni ortda qoldirdi.

"Qozog‘iston kerak bo‘lgan ovozlarning uchdan ikki qismini qo‘lga kiritib, Xavfsizlik Kengashining ikki yillik a'zosiga aylandi. Kengashdagi faoliyat  1 yanvardan boshlanadi", - deb e'lon qildi Bosh Assambleyaning 70-cessiya raisi Mogens Lyukketoft.

Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi tarkibiga hech qachon kirmagan BMTga a'zo 68 davlat qatorida edi. Ular orasida Afg‘onistan, Albaniya, Gruziya, Isroil, Kipr, Qirg‘iziston, KXDR, Moldova, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Shveytsariya va Estoniya bor.