Jahon | 18:44 / 29.06.2016
11526
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya razvedkasi rejalashtirilayotgan terakt haqida 20 kun oldin ogohlantirgan

Turkiya razvedkasi IShID Istanbuldagi aeroportda terakt sodir etishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida 20 kun oldin ogohlantiruv yo‘llagandi. Bu haqda CNN telekanali xabar tarqatdi.

"Razvedka iyun oyi boshida, 20 kun oldin hukumatni va boshqa davlat organlarini Istanbulda terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ogohlantirgandi. Unda terakt o‘tkazilishi ehtimol qilingan joylar nomlari ham keltirilgandi", deyiladi xabarda.

CNN Turk xabariga ko‘ra, ogohlantirishda nomi tilgan olingan joylar qatorida Istanbuldagi Otaturk nomli xalqaro aeroport ham bor edi.

29 iyunga o‘tar kechasi aeroportga uch nafar xudkush terrorchi hujum qildi. Ular aeroport hududiga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘q uzgan va keyin o‘zlarini portlatib yuborgan. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida 41 kishi qurbon bo‘lgan. 

Turkiya hukumati bu ishlarning ortida IShID terrorchilik guruhi turganini taxmin qilmoqda. 

Foto: © AP