OAV: Turkish Airlines Istanbuldagi teraktdan keyin 300dan ortiq reysni bekor qildi
Turkish Airlines aviakompaniyasi 29 iyunga o‘tar kechasi Otaturk nomidagi xalqaro aeroportlarda portlash yuz berganidan keyin 340 reysni bekor qilgan. Bu haqda CNN Turk xabar tarqatgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, gap Istanbuldagi aeroportdan dunyoning turli nuqtalariga yo‘l olishi kerak bo‘lgan reyslar haqida ketmoqda.
Kompaniyaning rasmiy saytida yo‘lovchilar bu haqda ogohlantirilgan va jadvaldagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borish tavsiya etilgan.
"28 iyun kungi hodisadan keyin mijozlarimizdan keyin uchish-qo‘nish haqidagi ma'lumotlarni oldindan bilgan holda aeroportga kelishni so‘raymiz", deyilgan xabarda.
Seshanba kuniga o‘tar kechasi Otaturk aeroportiga 3 nafar jangari bostirib kirdi va chor atrofga o‘t socha boshladi. Shuningdek, aeroport hududida 3 marta portlash sodir etildi. Terakt oqibatida 41 kishi halok bo‘lib, 200dan ortiq kishi jarohatlandi.